Umurzoqov tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganlarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Birgina Jizzax viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda bir kunda 4 ta korxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Bu haqda ayni vaqtda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda aytildi

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Yuqori chirchiq tumanida joylashgan “BEAUTY GLASS DECOR” shishani qayta ishlash korxonasi 2 dona shisha qayta ishlash pechlarida tabiiy gazdan foydalanib kelmoqda. Kunlik tabiiy gaz iste’moli 7 000 metr kubni tashkil qiladi. 

Bu iste’molchi kuz-qish mavsumida tabiiy gazdan ajratilishi belgilangan bo‘lishiga qaramasdan, “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan tabiiy gaz yetkazib berilayotganligi aniqlangan.

“Bunday holat qolgan barcha hududlarda ham mavjud. Hududlarda har bir korxona va tashkilotlar o‘rganilib, gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda, ular tezkor bartaraf etiladi hamda javobgarlik choralari ko‘riladi”, dedi Umurzoqov.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

464

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing