Umurzoqov issiqxonalarni muqobil energiyaga o‘tkazish uchun mablag‘ ajratishga ko‘rsatma berdi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2022
7467O‘zbekistonda issiqxonalarni muqobil energiya – ko‘mirga o‘tkazish rejalashtirilyapti. Bu masala O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov boshchiligidagi yig‘ilishda muhokama qilindi.
So‘zga chiqqan tadbirkorlarning barchasi issiqxonalarni ko‘mir orqali isitishga o‘tish ma’lum vaqt talab etishi, buni avval har tomonlama o‘rganib chiqish, sinchkovlik bilan sinovdan o‘tkazish, tijoriy tomonlarini hisob-kitob qilish zarurligini ta’kidlagan. Mazkur masala yuzasidan ishchi guruh tuzilib, tegishli mutaxassislar va tadbirkorlar bilan birgalikda holatni batafsil o‘rganib chiqish yuzasidan topshiriq berilgan.
Bunda ishchi guruh har bir issiqxona kesimida ularning moliyaviy ahvolini o‘rganib chiqib, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq asoslangan takliflar tayyorlaydi. O‘z navbatida issiqxona yurituvchi tadbirkorlarga o‘z hosillarini nes-nobud qilmasdan yetishtirib olishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida 1 kun ichida tegishli manbalardan moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Avvalroq Umurzoqov boshchiligidagi yig‘ilishda bir kun ichida issiqxonalarni gaz bilan ta’minlashni tiklash bo‘yicha topshiriq berilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi