Umurzoqov Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
Olam
−
25 Oktabr 2022
12252Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 25 oktyabr kuni Anqarada O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqovni qabul qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Prezident o‘z qarorgohida yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan uchrashuv haqida boshqa ma’lumot bermagan.
Turkiya 1991 yil 16 dekabrda O‘zbekistonni birinchi bo‘lib tan olgan va ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yilda o‘rnatilgan. Munosabatlar so‘nggi yillarda tezlikda rivojlanib boryapti.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Xususan, o‘tgan yilda tovar ayirboshlash 60 foizdan oshgan.
Qo‘shma korxonalar soni 2 mingdan ortgan. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida yarim milliard AQSH dollariga yaqin investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Turkiya kompaniyalari O‘zbekistondagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda.
Joriy yilning 11 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi