Umurzoqov energetika tizimidagi muammolar bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazyapti

Jamiyat

image

Elektr va gaz borasida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal qilish uchun tunu kun ishlaydigan shtablar tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Ayni vaqtda Prezident Administratsiyasida joriy yil yakuni bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kutilayotgan natijalar va energetikadagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda videoaloqa orqali barcha hududlar rahbarlari ishtirok etyapti.

Administratsiya rahbari Sardor Umurzoqov raisligida keskin tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun mas’ul mutasaddilar ishidagi jiddiy kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi, mavsumga tayyorgarlik ishlaridagi qoloqliklar, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish choralar tezkor qabul qilinmagani va umuman sustligi yuzasidan jiddiy e’tirozlar bildirildi.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalarini tezkor va tizimli hal etib borish maqsadida Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida kunu tun ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirildi.

Bu masalalar bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatish uchun Prezident maslahatchilari va Bosh vazir o‘rinbosarlari har bir viloyat hokimiga biriktiriladigan bo‘ldi.

Shtablar va biriktirilgan rahbarlar alohida e’tiborni quyidagilarga qaratadi:

  • elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish hamda ularni iste’molchilarga yetkazib berish;
  • aholi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun ko‘mir va suyultirilgan gaz yetkazib berish;
  • qo‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi qozonxonalarning ishlash holatini nazorat qilish va boshqalar.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

433

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing