Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi
Jamiyat
−
22 yanvar 667 1 daqiqa
Joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqandda Ikkinchi umummilliy “AI Hackathon”ning mintaqaviy bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 400 dan ortiq yosh mutaxassis ro‘yxatdan o‘tdi.
Uch kun davomida mamlakatning yetakchi AT-kompaniyalari murabbiylari rahbarligida jamoalarda: tibbiyot, ta’lim, kiberxavfsizlik, tadbirkorlik va taqiqlangan moddalar aylanishiga qarshi kurash kabi sohalarda sun’iy intellektga asoslangan innovatsion loyihalar ishlab chiqadi.
“AI Hackathon”da ishtirok etayotgan “iX” jamoasi messenjerlarda giyohvandlik vositalari savdosini aniqlash va cheklashga ixtisoslashgan maxsus algoritmni taqdim etgan. Loyihadan asosiy maqsad – yashirin "qora bozor"larni fosh etish va narkotiklar savdosiga chek qo‘yish.
Ishtirokchilar uchun yetakchi mutaxassislar tomonidan mahorat darslari va seminarlar ham o‘tkazildi. Umummilliy “AI Hackathon” finali 2026 yilning dekabrida Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi