Umumxalq xayriya hashari 18 martga ko‘chirildi

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 11 mart kuni O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish 2023 yil 11 martdan 18 martga ko‘chirildi. Bu haqida Bosh vazir matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga 21 mart, Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasi hamda ushbu tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rib, ularni uyushqoqlik bilan o‘tkazish sabab qilib olingan.

Ma’lumot uchun, hashar mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing