Umraga yuborishni va’da qilib, 3 ming dollar olgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
15:02 552 1 daqiqa
Samarqandda to‘rt nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, buning evaziga 4 800 dollar talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan, Umra ziyoratini tashkil etish vakolati bo‘lmagan shaxs Oqdaryo tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuborishni va’da qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 3 000 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravishda Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi