Umraga yuborish uchun 55 ming dollar undirgan uddaburon ushlandi
3-sahifa
−
05 may 2023 5888 1 daqiqa
Toshkentda Umra safariga yuborishni aytib, 55 ming AQSH dollaridan ortiq pulni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida 27 yoshli M.M. 43 yoshli F.M.dan 47 nafar fuqaroni umra safariga jo‘natishda yordam berishni va’da qilib, buning uchun jami 55 250 AQSH dollari olgan. Biroq erkak va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr