Umraga yetmay ortga qaytganlarning qachon Madinaga uchishi aytildi

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkent – Madina yo‘nalishida uchayotgan samolyot texnik sabablarga ko‘ra, iziga qaytgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur reys ertaga, 28 oktyabr kuni Toshkentdan Madinaga qayta yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Panorama Airways” aviakompaniyasining Toshkent – Madina yo‘nalishi bo‘yicha UZP-361 reysi 2023 yil 28 oktyabrga ko‘chirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentdan jo‘nab ketish vaqti ertalab soat 07:00 ga belgilangan.

QALAMPIR.UZ manbasining xabar berishicha, hozirda Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib turgan yo‘lovchilar o‘ndan ortiq turfermalar tomonidan mehmonxonalarga joylashtirilmoqda. Shuningdek, ularning Madinaga yetib olguniga qadar yuzaga kelayotgan har qanday muammolar aeroportni emas, balki sayyohlik agentliklarining zimmasiga yuklatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Umra Madina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing