“Umr tezlikdan muhimdir” shiori yozilgan avtobus piyodaning umriga zomin bo‘ldi
3-sahifa
−
18 dekabr 2024 7948 1 daqiqa
Bugun, 18 dekabr kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida avtobus sodir qilgan yo‘l-transport hodisasida piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 07:30 larda Samarqand shahrining Narpay yo‘li ko‘chasida avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan, o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tayotgan piyodani urib yuborib YTH sodir etgan. Piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi