Ummon sultoni 79 yoshida vafot etdi
Olam
−
11 yanvar 2020
7485Ummon sultoni Qobus bin Said 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Reuters” Fors ko‘rfazi sohilida joylashgan mamlakatning ommaviy axborot vositalariga tayangan holda xabar berdi.
Sultonning bevosita vorislari yo‘qligi sababli taxtning keyingi egasi kim bo‘ishi mamlakatda qiyin vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun kim yangi sulton bo‘lishi haqida qaror uning oilasi a’zolari tomonidan uch kun ichida qabul qilinadi. Agar bu amalga oshmasa, yakuniy so‘z armiya yetakchilari, parlament va oliy sud rahbarini o‘z ichiga olgan davlat kengashida qoladi.
Qobus bin Said Ummon taxtini 1970 yilda egallagandi. U 1970 yilda o‘z otasi Said bin Taymurni taxtdan ag‘darib hokimiyatni egallagan. Otasi mamlakatdan chiqib ketib, Buyuk Britaniyaga yo‘l olishga majbur bo‘lgan. Said bin Taymur u yerda 1972 yilda vafot etgan.
2015 yilda sultonda saraton kasalligi aniqlandi. O‘tgan yil oxirida uning ahvoli yaxshilandi va qisqa vaqt davomida sulton davolanish uchun Belgiyaga jo‘nab ketdi. So‘nggi bir necha kun ichida Ummon ommaviy axborot vositalari davlat rahbarining ahvoli barqaror ekanligi haqida xabar berishdi.
LiveBarchasi