“Umidimiz Amerikadan”. Zelenskiy Trampdan ko‘p narsa kutmoqda

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH va Rossiya rahbari – Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv Ukraina va Rossiya o‘rtasida haqiqiy tinchlikka yo‘l ochishi kerakligini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Zelenskiy rossiyaliklar uchrashuvda o‘zi uchun eng qulay yo‘llarni tanlashga intilayotganini bildirgan.

“Biz bu rejani tushunamiz, hamkorlarimizni haqiqiy vaziyat haqida xabardor qilyapmiz”, deya yozgan Ukraina rahbari. 

Shuningdek, Ukraina Prezidenti Rossiya tomonining amaldagi niyatlari va Alyaska uchrashuviga tayyorgarligi bo‘yicha razvedkaning hisobotini kutayotganini ma’lum qilgan.

“Bugunning o‘zida razvedkadan Rossiya tomonining hozirgi niyatlari va Alyaska uchrashuviga tayyorgarligi haqida hisobot olishni kutyapman”, deya yozgan Zelenskiy. 

Qolaversa, davlat rahbari Putin va Trampning uchrashuvi Ukraina, AQSH va Rossiya rahbarlari o‘rtasida halol tinchlik yo‘liga va mazmunli muloqotga yo‘l ochishi kerakligini aytgan. 

“Urushni yakunlash vaqti keldi, zarur qadamlarni Rossiya tashlashi lozim. Umidimiz Amerikadan. Har doim bo‘lgani kabi eng yuqori darajada samarali ishlashga tayyormiz”, deya qo‘shimcha qilgan Ukraina Prezidenti. 

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Donald Trampning Alyaskadagi uchrashuvi 15 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 11:30 da (O‘zbekiston vaqti bilan soat 23:30) boshlanadi. Uchrashuv “sinov” xarakterida bo‘lib, yakuniy bosqich Putin va Zelenskiy uchrashuvi bo‘lishi mumkin.

Muzokaralarda “hududlar almashinuvi” masalasi ham muhokama qilinishi kutilmoqda. Tramp bu jarayonda ikki tomon uchun ham “yoqimsiz narsalar” bo‘lishini, front chiziqlari o‘zgarishini aytgan va agar muzokara muvaffaqiyatsiz tugasa, jarayondan chiqib ketishi mumkinligini bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan videokonferensiyadan so‘ng, Rossiya bilan mumkin bo‘lgan tinchlik kelishuvi doirasida Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyorligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Vladimir Putin Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing