Umarali Rahmonaliyev O‘zbekiston MTJga chaqiruv oldi

Sport

image

Ozarbayjonning “Sabah” klubi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqiruv oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Mahalliy Superliganing 22-turi yakunlanganidan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi yig‘inni boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Umarali Rahmonaliyev terma jamoaga doimiy chaqiruv oladigan futbolchi hisoblanmaydi. 22 yoshli futbolchi joriy yilgi Jahon chempionati uchun kengaytirilgan ro‘yxatdan o‘rin olgandi. Biroq yakuniy 26 nafar futbolchidan iborat qaydnomadan tushib qolgandi.

Endilikda Umarali “Sabah” bilan birga Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etmoqda.

FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston terma jamoasi uchta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Jamoa joriy yilning 24 sentyabr kuni Eron, 1 oktyabr kuni Suriya hamda 6 oktyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

Italiyalik mutaxassis joriy yilning sentyabr-oktyabr oyidagi xalqaro tanaffus uchun rasmiy qaydnomamni e’lon qilingani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliyaning “Braga” klubi futbolchilari Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov faoliyatida ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoaga chaqiruv olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing