Ulug‘bek Rashitov Rim Gran-prisi chempioni bo‘ldi
Sport
−
10 iyun 2023
5822Italiya poytaxtida kecha, 9 iyun kuni start olgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasining -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Rashitov musobaqa oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur musobaqaning birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli boshlandi. Yarim finalda xorvatiyalik raqibi Marko Golubik dayanga chiqmaganligi sababli Rashitov jangsiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, u finalda vengriyalik Levente Jozsani 2:0 hisobida mag‘luboyatga uchratdi. Bu bilan 8 yillik tanaffusdan so‘ng o‘zbekistonlik taekvondochilar Gran-pri musobaqasida ilk oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Yana bir o‘zbekistonlik taekvondochi Nikita Rafalovich ham Gran-pri finaligacha yetib keldi. Buyuk Britaniya vakili Kaden Kunningemga qarshi kechgan bahs afsuski 2:0 hisobida raqib foydasiga hal bo‘ldi. Shu tariqa, Nikita Rim Gran-prisining kumush medaliga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, Tokio-2020 olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi 19 yoshli Ulug‘bek Rashidov 29 may – 4 iyun kunlari Ozarbayjon poytaxtida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi