Ulug‘bek Muhammadiyev eski lavozimiga tayinlandi
Jamiyat
−
14 yanvar 2022
12300Ulug‘bek Muhammadiyev Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Nigoh Telegram kanalida xabar berilgan.
Shu munosabat bilan u Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Muhammadiyev 2020 yilning 30 iyul kuni Davlat xizmatlari agentligi direktori etib tayinlangandi. Unga qadar esa yuqoridagi lavozimda faoliyat yuritgan.
Ma’lumot o‘rnida, Ulug‘bek Muhammadiyev 1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan,
ma’lumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi), 2003 yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (sirtqi)ni tamomlagan, mutaxassisligi matematik, huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmatining ish yurituvchisi lavozimidan boshlagan.
LiveBarchasi