YHXBB o‘limiga 3 yildan oshgan shaxsga tayinlangan jarima uchun uzr so‘radi
Jamiyat
−
24 dekabr 2020
6818Avvalroq Sirdaryo viloyatida YPX xodimi 3 yil avval vafot etgan odamga jarima yozgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi marhumga qo‘llanilgan jarima bekor qilinganini ma’lum qildi. Boshqarma axborotida ushbu voqeaga qoida buzgan va jarima qo‘llanilgan shaxslarning tug‘ilgan yili hamda ism-familiyasi bir xil ekani sabab bo‘lgani qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 29 iyun kuni Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududida haydovchi, 1954 yilda tug‘ilgan Sobirjon Jalolov o‘ziga tegishli bo‘lgan Matiz rusumli avtomobilda yo‘l harakati qoidalarining 9-bandida belgilangan talabni buzgan holda, harakat vaqtida xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan. Haydovchi tuman IIB YHXB YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan va unga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Aniqlanishicha, tuman IIB YHXB ma’muriy amaliyot xodimi tomonidan fuqaro Sobirjon Jalolovga nisbatan tuzilgan bayonnoma KAAT markazlashgan dasturiga kiritilishi vaqtida ushbu fuqaro bilan ism-familiya va tug‘ilgan yili bir xillikda bo‘lgan, Samarqand viloyatida yashagan, 1954 yilda tug‘ilgan Sobirjon Jalolovning ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha jazo qo‘llash to‘g‘risidagi jarima qarori chiqarilgan.
Xabarga ko‘ra, Samarqand viloyatida ro‘yxatda turgan 1954 yilda tug‘ilgan marhum Sobirjon Jalolovga nisbatan chiqarilgan qaror belgilangan tartibda bekor qilingan. Shuningdek, YHXBB yo‘l qo‘yilgan kachiliklar uchun uzr so‘ragan.
LiveBarchasi