Ular uchun jazo muqarrar – Mirziyoyev Inson huquqlari bo‘yicha kengash minbarida qiynoq muammosini ko‘tardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining sessiyasidagi nutqida aytib o‘tdi.

Davlat rahbari nutqi chog‘ida O‘zbekistonning inson huquqlari masalasida og‘riqli nuqtasi bo‘lib kelayotgan qiynoq muammosiga ham to‘xtaldi.

“Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmni joriy etish doirasida biz odamning qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid bo‘lgan qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga bundan buyon ham mutlaqo yo‘l qo‘ymaymiz. Bunday jinoyatlar qachon sodir etilganidan qat’i nazar, ular uchun jazo muqarrardir”, dedi Prezident.

Davlat rahbariga ko‘ra, mazkur masalalar yuzasidan hamkorlikda ishlash maqsadida Qiynoqlar masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachini O‘zbekistonga taklif etishga tayyorgarlik ko‘rilyapti.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda O‘zbekistonda qiynoq bilan bog‘liq bir qancha shov-shuvli voqelar yuz berdi. Chiroqchida o‘g‘irlikda ayblanib, IIBga olib kelingan fuqaro bo‘linmadan o‘lik holda chiqdi. Keyinroq Andijonda ham shunday holat kuzatildi. Ichki ishlar binosida kaltaklangan fuqaro ikki hafta shifoxonada hayot uchun kurashib, jon berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev qiynoq

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing