Ukrainaning Tailanddagi elchisi jonsiz holda topildi 

Olam

image

Ukrainaning Tailanddagi elchisi, 44 yoshli Andrey Beshta Ko-Lipe orolidagi mehmonxonada jonsiz holda topilgan. Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.  

Qirollik politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, elchining jasadida zo‘ravonlik alomatlari bo‘lmagan. 

Ta’kidlanishicha, Beshtaning jasadi soat 05:30 larda topilgan. Elchining o‘g‘liga ko‘ra, Beshta bir kun oldin o‘zini yaxshi his qilgan. U 04:30 da zaharlanish alomatlari bilan uyg‘ongan, so‘ng hushidan ketgan. 

Qayd etilishicha, elchining jasadi yorish uchun Tailanddagi shifoxonaga yuborilgan, so‘ngra politsiya shifoxonasiga yetkazilgan. Politsiya o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Beshta 2016 yilning yanvar oyidan buyon Ukrainaning Tailanddagi elchisi bo‘lgan. Uning ortidan xotini, qizi va ikki o‘g‘li qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina elchi Tailand

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing