Ukrainaning Kurskka zarbasida o‘zbekistonlik halok bo‘lgani aytilmoqda

Olam

image

Joriy yilning 11 may kuni Ukrainaning Rossiyaning Kursk viloyati Rilsk shahriga uyushtirgan hujumi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shahar markazida joylashgan mehmonxona vayronalari ostidan 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan. Xinshteyn marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.

Bundan tashqari, hujumda tan jarohati olgan yana 2 nafar erkak hozirda Kursk viloyat shifoxonasida og‘ir ahvolda qolmoqda.

Rasmiylarga ko‘ra, hujum oqibatida shahar kirishidagi mehmonxona jiddiy zarar ko‘rgan. Portlash to‘lqini tufayli ikkita mashina va ikkita uy ham zarar ko‘rgan. Bir ayol son sohasidan jarohat olgan. Barcha jabrlanganlar Rilsk markaziy tuman shifoxonasiga yetkazilgan. 

Hodisa joyiga zudlik bilan tez yordam jamoalari va qutqaruvchilar yetib borgan. Tuman rahbari vaziyatni nazoratga olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Ukraina Kursk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing