Ukrainaning ikki viloyati to‘liq, uchtasi qisman “svet”siz qoldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning bir qator mintaqalarida elektr energiyasi o‘chirilgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilgan.

“Xarkov va Donetsk viloyatlarida elektr energiyasi to‘liq, Zaporoje, Dnepropetrovsk va Sumi viloyatlarida qisman uzilgan”, deydi u.

Zelenskiy idorasi rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenkoning aytishicha, keyinroq Sumi, Dnepropetrovsk va Poltava viloyatlarida elektr ta’minoti tiklangan.

Qayd etilishicha, Xarkovda elektr energiyasidagi uzilishlar tufayli metro harakati to‘xtab qolgan. Bundan tashqari, Ukraina temir yo‘li poyezdlarning kechikishi haqida xabar bergan. Poltavada esa elektr quvvati uzilishi tufayli bir nechta trolleybus yonib ketgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing