Ukrainaning dron hujumidan so‘ng Primorsk porti yaqinida neft to‘kildi

Olam

image

Ukraina uchuvchisiz samolyotlari Boltiq dengizidagi Rossiyaning Primorsk portiga urilganidan keyin neft to‘kilishi sodir bo‘ldi. Finlyandiya ko‘rfazida neft to‘kilishiga o‘xshash kamida ikkita nuqta ko‘rinadi. Bu haqda bugun, 13 sentyabr kuni sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib, “Qrim shamoli” monitoring guruhi xabar berdi.

“Ularning maydoni kichik. Dog‘lardan biri kecha Ukraina uchuvchisiz samolyotlari hujumi paytida shikastlangan “Kusto” tankeri yaqinida joylashgan. Ikkinchi tanker Cai Yun ham yaqin atrofda bo‘lgan va u ham kecha portda bo‘lgan”, deyiladi monitoring guruhi habarida.

“Reuters” xabariga ko‘ra, Ukraina uchuvchisiz samolyotlarining Primorskka hujumi oqibatida Rossiya Federatsiyasining g‘arbiy qismidagi muhim neft portida birinchi marta yuk tashish to‘xtatilgan. Agentlikning sanoat manbalari va Ukraina harbiy xizmatchilariga tayanib xabar berishicha, zarbalar oqibatida ikkita tanker yonib ketgan. Shikastlangan kemalar Rossiya Federatsiyasining “soya floti” tarkibiga kiradi va Seyshel orollarida ro‘yxatga olingan.

Leningrad viloyatining Primorsk shahriga hujum 12 sentyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘ldi. Viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenko mintaqa uzra 30 dan ortiq dron yo‘q qilingani, shuningdek, bitta kema va nasos stansiyasida yong‘in sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

“Neft to‘kilishi xavfi yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi gubernator.

Keyinroq Ukraina Xavfsizlik xizmati Primorsk portiga dronlar yordamida tunda zarba bergani, yong‘in kelib chiqqani va yuk ortish ishlari to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Viborg tumanida joylashgan Primorsk porti Boltiqbo‘yi quvurlari tizimining so‘nggi nuqtasidir. Bu port orqali Ukrainaga qarshi urushni davom ettirayotgan Rossiya, sanksiyalarga qaramay, Boltiq dengizi orqali neft xomashyosi va dizel yoqilg‘isini tankerlar bilan eksport qilmoqda. Port hududida 50 ming tonna sig‘imga ega 18 ta zaxira tanki mavjud. Rossiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu Rossiyaning asosiy neft yuklash porti bo‘lib, uning yuk aylanmasi yiliga 58 million tonnani tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya neft' Ukraina Finlyandiya Primorsk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing