“Ukrainaning aloqasi yo‘q”. Sibiga Rossiyadagi suiqasdga to‘xtaldi
Olam
−
10:21 2978 1 daqiqa
Ukraina Tashqi ishlar vaziri (TIV) Andrey Sibiga Rossiya generalining o‘ldirilishiga Ukraina hech qanday aloqador emasligini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainani general Vladimir Alekseyevga qilingan suiqasdda ayblagan. Lavrovning gaplariga ko‘ra, ushbu hujumning maqsadi tinchlik muzokaralarini izdan chiqarishdan iborat bo‘lgan.
Bunga javoban Ukraina (TIV) Andrey Sibiga bayonot bergan. Unga ko‘ra, Kiyev bu hujumga mutlaqo aloqador emas.
Ma’lumot uchun, kecha 6 fevral kuni Moskvada general-leytenant Vladimir Alekseyevga suiqasd uyushtirilgandi. Volokolamskoye shossesida joylashgan turarjoy binosida noma’lum shaxs generalga bir nechta o‘q uzib, voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shahar shifoxonasiga yuborilgan.
Ayni paytda, ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, generalni otgan shaxsni qidirish ishlari boshlangan.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi