Ukrainani sarosimaga solgan Rossiya endi Suriyada harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Olam

image

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli Tu-22M3 va MiG-31K Kinjal raketalari bilan qurollangan uzoq masofaga uchuvchi samolyotlar O‘rtayer dengizidagi harbiy-dengiz mashqlarida qatnashish uchun Suriyaning Xmeymim aviabazasiga joylashtirildi. Bu haqda bugun, 15 fevral kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilgan.

“Kinjal aviamajmuasi bilan qurollangan uzoq masofaga uchuvchi Tu-22M3 va MiG-31K samolyotlari O‘rtayer dengizining sharqiy qismidagi Xmeymim (SAR) aerodromiga kelib qo‘ndi. Ular Harbiy-dengiz kuchlarining flotlararo guruhi harbiy-dengiz mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Rossiya Aerokosmik kuchlari ekipaji 1,5 ming km dan ortiq masofani bosib o‘tgan holda, harbiy mashg‘ulotlar davomidagi parvozni dastlabki bosqichini yakunladi. Harbiy mashqlar davomida aviatsiya uchuvchilari oldida belgilangan masofalar bo‘ylab parvoz qilib, berilgan vazifalarni bajarish turibdi”, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligining bayonotida. 

Bundan avval, AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining 6-floti matbuot xizmati, 2022 yilning 6-7 fevral kunlari NATO davlatlarining uchta o‘t ochar aviatashuvchi kemalar guruhi O‘rtayer dengizining Suriyaga yaqin hududida bir vaqtning o‘zida uchrashgani haqida xabar bergan edi. 

Ma’lum qilinishicha, AQSH harbiy-dengiz kuchlari guruhiga “Garri Trumen” aviatashuvchi kemasi, Fransiya flotiga “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasi, Italiya harbiy-dengiz kuchlariga esa “Konte di Kavur” aviatashuvchi kemasi rahbarlik qilgan.

Birlashgan eskadron tarkibiga ko‘p sonli kemalar va yordamchi kemalar, shuningdek, dengiz aviatsiyasi guruhlari kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

725

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing