Ukrainani qayta tiklash uchun qancha mablag‘ kerak bo‘lishi aytildi

Olam

image

Urush tugaganidan keyin Ukrainani qayta tiklash xarajatlari 350 milliard AQSH dollaridan oshishi mumkinligi ma’lum qilindi. Bu fikrni Jahon banki prezidenti Devid Malpass Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Reuters Next tadbirida aytib o‘tgan.

“Men qayta tiklash uchun 350 milliard dollarlik smetadan ancha oshib ketishi mumkinligini ham kutyapman”, deydi u.

Malpasning qayd etishicha, Ukraina infratuzilmasini, birinchi navbatda, energetika tizimini tiklash katta xarajatlarni talab qiladi.

Shu bilan birga, u Ukrainaga ko‘proq mablag‘ ajratish zarurati tufayli “donor charchoqlari”ni hali sezmayotganini ta’kidladi. 

“O‘tgan yili Jahon banki orqali biz Ukrainaga 18 milliard dollarga yaqin mablag‘ o‘tkazdik, buning muhim qismi AQSHdan olingan”, deb qo‘shimcha qildi Malpass.

Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva 2023 yilda Ukrainaga oylik yordam uchun 3-5 milliard dollar kerak bo‘lishini aytgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing