Ukrainalik siyosatchi AQSH Zelenskiyga qarshi “sanksiya” qo‘llaganini aytib chiqdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHning “to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqi” tufayli Pekindagi Olimpiada o‘yinlarining ochilishida qatnasha olmagan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Hayot uchun – Muxolifat platformasi” partiyasidan bo‘lgan Oliy Rada deputati Viktor Cherniy Facebook sahifasida ma’lum qildi

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, bir qator G‘arb davlatlari Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan sport musobaqasini boykot qilishga chaqirmoqda. 

“Aftidan, Amerika yetakchilari bizning Prezident Zelenskiyga ham sanksiya qo‘llagan - Xitoyga kirishni taqiqlash! Uning nafaqat dunyoning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lgan Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirishi,  balki norasmiy ravishda bo‘lsada bugun mamlakat uchun hayotiy muhim masalalarni hal qilishi mumkin bo‘lgan bunday muhim voqeada ishtirok etmaganini qanday izohlash mumkin?”, deb yozgan Cherniy. 

Viktor Cherniy mamlakat rahbariyati sport va unda erishiladigan yutuqlar haqida o‘ylamasligini qo‘shimcha qilib, ukrainalik sportchilarga rossiyaliklar bilan suratga tushmaslik qat’iy tavsiya etilganini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror ham Zelenskiydan chiqqan.

Ma’lumot o‘rnida, kecha 4 fevral kuni Pekin shahrida  XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov hamda Turkmaniston, Singapur, Misr, Polsha, Argentina  va Ekvador Prizidentlari qatnashgan.

Aytish joizki, Olimpiya o‘yinlarida 15 sport turi bo‘yicha jami 109 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Musobaqa 20 fevralga qadar davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh sanktsiya Ukraina

Baholaganlar

410

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing