Ukrainalik shifokor AstraZeneca bilan emlanganidan so‘ng COVID-19 yuqtirib oldi

Olam

image

Ukrainaning bosh sanitariya shifokori Viktor Lyashko AstraZeneca tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinani olganidan ikki hafta o‘tmasdan koronavirus bilan kasallangan. Bu haqda u Facebook’da ma’lum qildi.

“COVID uchun ijobiy PSR testini oldim. Menda emlashdan keyin ham immunitet hali to‘liq shakllanmagani aniqlandi”, deb yozgan Lyashko.

Uning ta’kidlashicha, kasallik alomatlari emlashdan keyingi 13-kunda paydo bo‘lgan.

“Ammo ishonchim komilki, emlash tufayli kasallik asoratlarsiz davom etadi va men tez orada o‘z ishimga qaytaman”, deya ta’kidlagan Lyashko.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga COVAX dasturi doirasida 2,6 mln doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

84

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing