Ukrainalik qochqinlar soni 10 millionga yetdi – BMT

Olam

image

Ukrainada boshlangan urush tufayli 10 millionga yaqin ukrainaliklar uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ularning qariyb 6,3 millioni xorijga ketgan, yana 3,7 millioni Ukrainaning boshqa mintaqasiga ko‘chib o‘tgan.  Bu haqda BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, ukrainalik qochqinlarning 47 foizi ayollar, 33 foizi esa bolalardir.

Grandiga ko‘ra, qochqinlarning odatdagi yashash joyiga qaytish uchun ommaviy harakatlar hali tashkil qilinmagan.

Shuningdek, tashkilotning qochqinlar bo‘yicha agentligi 27,5 mingdan ortiq uyni tiklashga yordam bergani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Ukraina Prezidentining maslahatchisi Sergey Leshchenko Ukrainadan qochqinlarni qabul qilgan Yevropa davlatlarini ularni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga va ukrainaliklarni vatanlariga qaytarishga chaqirgandi. 

Leshchenko o‘z chaqirig‘ini Ukraina Yevropa jamiyatiga qo‘shila boshlashi va natijada mamlakatga qaytishni istamasligi mumkin bo‘lgan yoshlarning butun bir avlodini yo‘qotgani bilan izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning dekabr oyi oxirlarida Isroil qochqinlar lageriga zarba berishi oqibatida 70 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Ukraina qochqinlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing