Ukrainaga yordam berishni to‘xtatish kerak – AQSH kongressmeni

Olam

image

AQSHdagi Respublikachilar partiyasi a’zolari Ukrainaga harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatilishining davom etishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.

Kongressmen Mett Getsning fikriga ko‘ra, “Ukraina charchoq revolyutsiyasi”ni taqdim etmoqda. Endilikda Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlash va moliyaviy yordam berishni to‘xtatib, tinchlik kelishuviga chaqirish kerak. Mett Gets Amerikaning o‘zi tanazzul yoqasida turganini, agar soliq to‘lovchilarining pullari xorijiy mojaroga sarflansa, vaziyat yanada yomonlashishini ta’kidladi. 

“Prezident Jo Bayden 2022 yil mart oyidagi nutqida Ukrainani harbiy texnika bilan qurollantirish vaziyatni “Uchinchi jahon urushi”ga olib keladi degan bashoratini unutdi shekilli”, deb qo‘shimcha qildi  kongress yetakchisi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSHning Respublikachilar partiyasi homiylari 10 kishini tashkil etadi. Ularning aksariyati urush boshlangandan beri Ukrainani moliyalash bo‘yicha ochiqchasiga Prezidentga qarshi chiqqan. Partiya yetakchilari Massi, Gosar va Rozandey 2022 yil mart oyida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan. 19 may kuni AQSH Senatida senatorlarning 100 nafaridan 51 nafari Ukrainaga yangi harbiy va gumanitar yordam sifatida 40 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishni qo‘llab ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, Jo Bayden prezidentlikka kelganidan beri Vashingtonning Kiyevga bergan umumiy harbiy yordami 19,3 milliard dollardan oshdi. 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing