Ukrainaga YeIga nomzod maqomini berish masalasi qachon hal bo‘lishi aytildi

Olam

image

Yevropa kengashi joriy yilning 23-24 iyunida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Ukrainaga  Yevropa Ittifoqiga a’zolik uchun nomzod maqomini berish masalasini muhokama qiladi. Bu haqda Ukraina Prezidentining devoni boshlig‘i o‘rinbosari Igor Jovkva kecha, 6 iyun kuni ma’lum qildi.

“Yevropa Ittifoq  Kengashi Yevrokomissiya tomonidan Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun Kopengagen mezonlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani tayyorlab, jarayonini alohida qayd etadi va Ukrainaga nomzod maqomini berish bo‘yicha muhokama o‘tkaziladi”, deydi Jovkva.

Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy 6 iyun kunidagi murojaati chog‘ida Ukraina yaqin haftalarda o‘z nomzodligi bo‘yicha Yevropa Ittifoqning qarorini kutayotganini aytdi.

28 fevral kuni Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi arizani imzoladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasiga keng ko‘lamli hujumidan so‘ng Ukraina Yevropa Ittifoqiga yangi maxsus tartib bo‘yicha zudlik bilan kirish masalasi bo‘yicha murojaat qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 21 mart kuni Yevropa komissiyasi Ukrainaning YeIga a’zoligi bo‘yicha ish boshlaganini ma’lum qildi. Yevrokomissiyaning tavsiyasi bilan Yevropa Ittifoqi Kengashi qaror qabul qiladi.

8 aprel kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Kiyevga tashrifi chog‘ida Prezident Vladimir Zelenskiyga Ukrainaning Kopengagen mezonlariga muvofiqligi haqidagi so‘rovnomani topshirdi – bu Yevropa Ittifoqiga  a’zolikka nomzod maqomini olish uchun zarur qadam bo‘ldi.

Mardona G‘afforova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing