Ukrainaga raketa hujumi ortidan YeI Rossiyaga yangi sanksiyalar joriy etishi mumkin
Olam
−
11 Oktabr 2022
3776Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiyaga qarshi yangi, to‘qqizinchi sanksiyalar paketini joriy etish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda TASS nashri ma’lum qildi.
“Ha, 10 oktyabrda kuzatilgan navbatdagi keskinlashuvdan keyin Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi bosqichi muhokama qilinmoqda”, deyiladi xabarda.
Nashrga ma’lumot bergan diplomat Rossiya gaziga yuqori narx chegarasini joriy etishga oid savolga bu hali muhokama qilinmaganini aytgan.
Manbaga ko‘ra, to‘qqizinchi sanksiyalar to‘plami ham iqtisodiy, ham individual cheklovchi choralarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya Federatsiyasi yuridik va jismoniy shaxslarining muzlatilgan aktivlarini musodara qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Boshqa bir yevropalik diplomatga ko‘ra, shaxsiy sanksiyalarda "katta baliqlar qolmagan".
“Qora ro‘yxat”ga kiritilishi mumkin bo‘lgan “yirik baliqlar” yo‘q. Aytish mumkinki, ular bir nechta sanksiyalar paketidan oldin tugagan”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasi tarkibiga to‘rt sub’ektning qo‘shilishi munosabati bilan Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini kiritdi.
LiveBarchasi