Ukrainaga ishlovchi o‘zbekistonlik “shpion” Rossiyada qo‘lga tushdi (video)
Olam
−
24 Sentabr 2021
23889Ukraina huquq-tartibot idoralari xodimlarining ko‘rsatmasi bilan maxsus tadbirda qatnashib kelgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiya Federatsiyasi chegarasida qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Federal xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
“Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Bryansk viloyatidagi chegara boshqarmasi Ukrainadan mamlakatga giyohvand modda qabul qilib, noqonuniy ravishda kirib kelayotgan 1981 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosini ushladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxsning buyumlari tekshirilganda yashirin foto, video va audio yozadigan maxsus texnik vositalar, shuningdek, kukunli giyohvand modda topilgan.
Xavfsizlik kuchlarining aniqlashicha, qonunbuzar 2019 yildan buyon Ukraina huquq-tartibot idoralari bilan maxfiy hamkorlik qilib kelmoqda.
LiveBarchasi