Ukrainaga harbiy qurollar yetib keldi

Olam

image

Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlari yetib keldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Reznikov Pentagon rahbari Lloyd Ostin, Germaniya Federal mudofaa vaziri Boris Pistorius, Niderlandiya Mudofaa vaziri Kaysa Ollongren, shuningdek, AQSH, Germaniya va Niderlandiya xalqiga yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

Shuningdek, Ukraina Germaniyadan va’da qilingan to‘rtta Iris-T havo hujumidan mudofaa tizimining ikkitasini olgan. Yetkazib berish bir necha kun oldin amalga oshirilgan. Bu rasman e’lon qilinmagan.

Havo mudofaa tizimlaridan tashqari Germaniyadan oltita Biber tank ko‘prigi qatlami va sakkizta Zetros katta sig‘imli yuk mashinasi yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina harbiy qurol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made