Ukrainadan Moldovaga qochgan 94 nafar o‘zbekistonlik qaysi yo‘l orqali evakuatsiya qilinishi aytildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Ukrainaga hujumi boshlangach, Moldovaga qochib o‘tgan 100 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Ruminiya orqali Vatanga qaytariladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov ma’lum qildi.

Rasmiyga ko‘ra, Moldova  hududida bo‘lgan 94 nafar fuqaro O‘zbekiston diplomatlari hamrohligida Moldova-Ruminiya chegarasini kesib o‘tgan. Ularni maxsus reys bilan Buxarest aeroportidan evakuatsiya qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 9 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 245 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 35 nafar ayol, 20 nafar voyaga yetgaman shaxs va 3 nafar chaqaloq olib kelingan.

Qayd etilishicha, 28 fevraldan 10 martga qadar 22 ta aviareys tashkillashtirilgan hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 5 282 nafar o‘zbekistonlik Vataniga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing