Ukrainadan keladigan yomon xabarlarga tayyor turish kerak – Stoltenberg

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning fikricha,  Ukrainadan kelayotgan yomon xabarlarga tayyor turish kerak. Bu fikrni u ARD telekanaliga bergan intervyusida bildirdi. 

“Biz yomon xabarlarga ham tayyor bo‘lishimiz kerak", dedi Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi.

Uning aytishicha, urushlar bosqichma-bosqich rivojlanadi. 

“Biz Ukrainani yaxshi va yomon kunlarda ham qo‘llab-quvvatlashimiz kerak”, deydi u.  

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish juda muhim. 

Shu bilan birga, u NATO davlatlari ularga bo‘lgan ortib borayotgan talabni qondira olmayotganini tan oldi. Bosh kotib fikricha, Ukraina og‘ir vaziyatda. Biroq, u Kiyevdagi qo‘mondonlik bunday vaziyatda qanday harakat qilishi kerakligi haqidagi savolga javob bermadi. 

“Men bu qiyin operativ qarorlarni ukrainaliklar va harbiy rahbarlarning ixtiyoriga qoldiraman. Menimcha, biz hal qilishimiz kerak bo‘lgan muammolardan biri – bu Yevropa mudofaa sanoatining parchalanishi",  deydi Stoltenberg. 

Jabhadagi vaziyatga to‘xtalgan Stoltenberg, so‘nggi bir necha oy ichida sezilarli taraqqiyot kuzatilmaganini ta’kidladi. U keyingi voqealarni bashorat qilmadi. 

“Urushlar haqida tabiatan oldindan aytib bo‘lmaydi. Ammo biz bilamizki, biz Ukrainani qanchalik ko‘p qo‘llab-quvvatlasak, urush shunchalik tez tugaydi”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Ukraina Ens Stoltenberg ARD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made