Ukrainadan qochgan qancha o‘zbekistonlik qaytarib olib kelingani ochiqlandi
Jamiyat
−
12 mart 2022 4887 1 daqiqa
Kecha, 11 mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 254 nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Katovitse aeroporti orqali 254 nafar o‘zbekistonlik, jumladan 69 nafar ayol, 37 nafar voyaga yetgaman shaxs va 14 nafar chaqaloq olib kelingan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 fevralidan 11 martga qadar Polshadan O‘zbekistonga 25 ta aviareys tashkillashtirilgan hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 5 634 nafar o‘zbekistonlik Vataniga qaytarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiya hujumi ostida qolgan Ukrainadan Moldovaga qochib o‘tgan 100 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Ruminiya orqali Vatanga qaytarilishi haqida ma’lum qilingandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust