Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan 3 nafar o‘zbekistonlik avtohalokatga uchradi. Qurbon bor
3-sahifa
−
05 mart 2022 14986 2 daqiqa
Ukrainadan evakuatsiya qilinayotgan uch nafar o‘zbekistonlik Polsha chegarasida avtohalokatga uchradi. Ulardan biri vafot etgan. Bu haqda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Kurmanov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining uch fuqarosi: Hakimov Otabek Ravshanbek o‘g‘li (2001 yilda tug‘ilgan), Xusainov Behzod Jamoliddin o‘g‘li (2001 yilda tug‘ilgan) va Solohiddinov Sherzod Shavkat o‘g‘li (2001 yilda tug‘ilgan) Polsha chegarasiga kiraverishda avtohalokatga uchragan.
Dahshatli fojia oqibatida Otabek Hakimov voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki talaba Lvovdagi shahar shifoxonasiga joylashtirilgan.
Alisher Kurmanovga ko‘ra, O‘zbekistonning Kiyevdagi Elchixonasi zudlik bilan elchixona ko‘ngillilari guruhi vakili, malakali shifokor Temurbek Yusupovni Lvovga jo‘natgan. Uning Lvovga kelishi bugun, 5 mart kuni kutilmoqda.
“Otabek Hakimovning yaqinlariga hamdardlik bildirgan holda, jabrlangan vatandoshlarning barcha qarindoshlari va yaqinlarini ishontirib aytamizki, Elchixona ularning hayotini saqlab qolish, jumladan, dori-darmonlar bilan ta’minlash va Ukrainaning yetakchi shifokorlari bilan maslahatlashish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Elchixona O.Hakimovning jasadini eng tez vaqtda o‘z Vataniga jo‘natish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.
“Shu bilan birga, biz bu masalani hal qilish mamlakatda olib borilayotgan harbiy harakatlar va ommaviy evakuatsiya tufayli murakkablashayotganini tushunishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr