Ukrainadagi vaziyatni yumshatishga hissa qo‘sha olmayapman – Ilon Mask
Olam
−
16 oktabr 2022 8022 2 daqiqa
Amerikalik milliarder Ilon Mask kecha, 15 oktyabr kuni Ukraina atrofidagi vaziyatdagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan barcha urinishlari behuda bo‘lganini aytdi, deb yozmoqda TASS.
“Vaziyatni yumshatish uchun bor kuchim bilan harakat qilyapman, lekin aftidan, bu borada hech bir muvaffaqiyatga erishmadim”, deb yozdi u Twitter’da.
Mask uning SpaceX kompaniyasi Starlink’ning Ukrainadagi sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimini ta’minlashda davom etishini aytdi, ammo kompaniya Pentagondan xarajatlar uchun pul to‘lash va tizim faoliyatini moliyalashtirishni so‘rab murojaat qildi.
Eslatib o‘tamiz, Mask 15 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "operatsiya SpaceX uchun hozirgacha 80 million dollarga tushgani va yil oxirigacha xarajatlar 100 million dollardan oshishi" haqida yozgan edi.
Milliarder SpaceX kompaniyasi mavjud tizimni cheksiz vaqtgacha ta’minlab, minglab qo‘shimcha terminallarni jo‘natishda davom eta olmasligini, bu aqlga sig‘masligi haqida ogohlantirgan edi.
Mask bir necha kun oldin Ukrainada tinchlikka erishish uchun o‘zining takliflarini ilgari surdi. Birinchi qadam sifatida u yaqinda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlarda BMT nazorati ostida referendumlar o‘tkazishni taklif qildi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Qrim rasman Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiradi, Ukraina esa neytral maqomini e’lon qilishi mumkin. Maskning taklifiga javoban, Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andriy Melnik ingliz tilida “behayo iborani” tilga oldi va unga “ortga chekinishni” maslahat berdi.
Musulmon Ziyo
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28