Ukrainadagi urushda qancha tinch aholi halok bo‘lgani ochiqlandi
Olam
−
07 dekabr 2022
5617Rossiya-Ukraina urushi boshlangandan beri 6702 nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining ma’lumotlarida keltirilgan.
Departamentga ko‘ra, 24 fevraldan 4 dekabrgacha jami 6702 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Shundan 424 nafari bolalar hisoblanadi. 10479 kishi (shundan 775 nafari bolalar) tan jarohati olgan.
O‘lganlar orasida 2626 nafar erkak, 1794 nafar ayol, 174 nafar qiz, 212 nafar o‘g‘il bola bo‘lgan.
Yaralanganlar orasida esa 2273 nafar erkak, 1628 nafar ayol, 217 nafar qiz, 308 nafar o‘g‘il bola bo‘lgan. Jarohatlangan 250 nafar bola va 5803 nafar kattalarning jinsi ham noma’lum.
Bundan tashqari, Donbassda 3978 kishi halok bo‘lgan, 5452 kishi yaralangan.
Donbassning Ukraina nazorati ostidagi hududlarida 3511 kishi bo‘lgan, 3884 kishi yaralangan. Rossiya armiyasi nazorati ostidagi hududlarda 467 kishi urush qurboni bo‘lgan, 1568 kishi esa jarohat olgan.
Departament hisobotida qayd etilishicha, o‘lim holatlarining aksariyati qurollardan foydalanish “keng vayron radiusi bo‘lgan portlovchi harakatlar” tufayli sodir bo‘lgan.
LiveBarchasi