Ukrainadagi urush: Rossiya kuchlari Baxmut shahrida muvaffaqiyatga erishmoqda 

Olam

image

Kecha, 29 mart kuni kechqurun Ukraina harbiylari Rossiya kuchlari frontning sharqiy qismidagi Baxmut shahrida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgani, biroq ularning jangchilari bir necha oy davom etgan jangni hamon ushlab turishganini aytdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Donetskning sharqiy sanoat mintaqasidagi Baxmut va uning atrofidagi shaharlar Rossiyaning qo‘shni Ukrainaga 13 oydan beri davom etayotgan bosqinining asosiy markazi bo‘lib turibdi. Hech bir tomon to‘liq nazoratga ega emas va ikkalasi ham katta yo‘qotishlarga uchragan.

“Dushman kuchlari Baxmut shahriga bostirib kirishga qaratilgan harakatlarida ma’lum darajada muvaffaqiyatga erishdi. Himoyachilarimiz shaharni ushlab turishibdi va dushmanning ko‘plab hujumlarini qaytarmoqda”, deyiladi Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi hisobotida.

Ukraina Bosh shtabining ma’lum qilishicha, Rossiyaning front chizig‘iga o‘rtacha kunlik hujumlari mart oyi boshidan beri biroz kamaygan. 1-7 mart kunlarida 124 marta hujum qilingan bo‘lsa, so‘nggi yetti kun ichida bu raqamlar 69 taga tushgan. 29 mart kuni atigi 57 ta hujum haqida xabar berilgan. Rossiya rasmiylari esa ularning qo‘shinlari Baxmut ichidagi ko‘chama-ko‘cha janglarda hamon yetakchi ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina urush Baxmut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing