Ukrainadagi urush davom etaversa, Yevropa omon qolmaydi – Serbiya Prezidenti
Olam
−
27 avgust 2022 11611 1 daqiqa
Agar Rossiyaning Ukrainadagi urushi yana bir yil davom etsa, Yevropa inqirozdan omon qolmaydi. Bu haqda bugun, 27 avgust kuni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich televideniye orqali xalqqa murojaatida ma’lum qilgan.
“Bozor bekor qilinadi, hamma narsa yo‘qoladi. Agar ruslar shunday sekin urush olib borishsa va u bir yil yoki undan ko‘proq davom etsa, keyingi yil Yevropada, shu jumladan bizda ham bundan hech kim omon qolmaydi. Sizlarga boshqalar aytmaydigan haqiqatni aytganimdan, afsusdaman, lekin Xudo rahm qilsin, avgust oyida gaz narxi 4000 dollarni tashkil etadi!”, deydi Vuchich.
Shuningdek, Prezident issiq tufayli suv havzalarida suv kamayib, gidroelektrostansiyada elektr energiyasi ishlab chiqarish to‘xtab qolganini, energiya narxi oshib borayotganini ta’kidlagan. U Rossiya gazi mamlakat ehtiyojining bor-yo‘g‘i 62 foizini qoplashini, Belgrad uchun bunday vaziyatdan chiqish tobora qiyinlashib borayotganini aytgan.
Avvalroq Vuchich Serbiya progressiv partiyasi prezidiumi yig‘ilishidan so‘ng Yevropa global energetika inqirozi tufayli kataklizm (global falokat) va elektr ta’minotidagi uzilishlarga duch kelishi haqida fikr bildirgan edi.
Farangiz Salimova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025