Ukrainadagi talafotlar tovonini kim to‘lashi kerak?

Olam

image

BMT Bosh Assambleyasi a’zo mamlakatlarga Ukrainadagi talafotlar bo‘yicha xalqaro reyestr yaratishni taklif qilmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Ushbu masala 14 noyabr kuni Kiyev ishtirokida davom ettiriladigan BMT Bosh Assambleyasining maxsus sessiyasida ko‘rib chiqiladi. 

"Bosh Assambleya Ukraina bilan hamkorlikda xalqaro huquq nuqtai nazaridan Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi noqonuniy harakatlari natijasida yetkazilgan zarar, yo‘qotishlarni tiklash uchun xalqaro mexanizm yaratish zarurligini tan oladi", deyiladi tegishli hujjatda.

Shuningdek, Bosh Assambleya Rossiyani yana Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatib, qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi. Rezolyutsiya loyihasi G‘arb davlatlari tomonidan Ukraina ishtirokida tayyorlangan. Loyihaga ovoz berish kelasi hafta bo‘lib o‘tadi, bunga qadar unga o‘zgartirishlar kiritilishi ham mumkin.

Nazarbek Nazarov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing