Ukrainadagi rus ko‘ngilli harbiylar Rossiyaga bostirib kirdi  

Olam

image

Bugun, 22 may kuni Rossiyaning Belgorod viloyatidagi Graivoron chegarasiga hujum uyushtirildi. Bu haqda “Dzen” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya qurolli muxolifati bo‘linmalari Rossiya-Ukraina chegarasini kesib o‘tgan. Hujum uchun javobgarlikni “Rus ko‘ngillilari korpusi” va “Rossiya ozodlik legioni” o‘z zimmasiga olgan

Aytilishicha, "Rossiya ko‘ngillilar korpusi" jangchilari Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi aholi punktlarida reydlar o‘tkazgan. Keyinchalik, Rossiyaning "Grayvoron" nazorat-o‘tkazish punkti qurshab olinganini e’lon qilgan. U esa yadroviy qurol ombori yonida joylashgan. 

Qarama-qarshi rus otryadlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning haqiqiy ko‘lamini baholash hali ham qiyin, ammo Belgorodning o‘zida chegarada sodir bo‘layotgan voqealar haqiqiy vahima qo‘zg‘atgan. Fuqarolar Belgorodni ommaviy ravishda tark eta boshlagan va buning oqibatida shahar chekkasida bir kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgan. 

Shuningdek, bugun Belgorod viloyatida Rossiya armiyasining vertolyoti ham halokatga uchragan. Biroq bu avariya rus partizanlari harakat qilayotgan Grayvoron hududidagi voqealarga hech qanday aloqasi yo‘q ekani aytilgan. 

"Maxsus xizmatlar Belgorod viloyatida vertolyot halokati haqidagi ma’lumotni tekshirmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Proxorovka qishlog‘i yaqinida qulagan bo‘lishi mumkin. Manbaga ko‘ra, bu Mi-8 bo‘lishi taxmin qilinmoqda", deb yozgan Baza Telegram kanali.

Ma’lumot uchun, Belgorod Moskvadan 700 km janubda, Ukraina bilan chegaradan 40 km uzoqlikda joylashgan Belgorod viloyatining ma’muriy markazi. “Rossiya ozodlik legioni” esa Ukraina Qurolli Kuchlarining harbiy qismi bo‘lib, u Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida rossiyalik harbiy asirlar va Ukrainaga qochib ketgan ko‘ngillilardan tashkil topgan. “Rus ko‘ngillilari korpusi” esa  2022 yil avgust oyida tuzilgan, 2014 yildan beri Rossiya-Ukraina urushida Ukraina tomonida jang qilayotgan o‘ng qanot konservativ rus ko‘ngillilari (Azov polkidan kelgan muhojirlar va boshqa bo‘linmalar). Korpus Ukraina Mudofaa vazirligiga bo‘ysunadi va Ukraina xalqaro legioni tarkibiga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Belgorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing