Ukrainadagi xorijlik askarlarni denatsifikatsiya qilish kerak – Medvedev

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlari saflarida jang qilayotgan yollanma askarlarga haddan tashqari tayanish juda xavfli. Ular mamlakat mustaqilligini yo‘qotishiga va keyinchalik davlatning o‘zi yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Bu haqda u Telegram sahifasida yozib qoldirgan. 

Medvedev Rossiya qo‘shinlariga qarshi kurashayotgan xorijliklarni “haqiqiy ko‘ngillilar” deb hisoblamaydi. U haqiqiy ko‘ngillilar sirasiga faqatgina SSSR bilan birga kurashgan bo‘linmalarni sanagan.

"Haqiqiy ko‘ngillilar - bu Fransiyaning Normandiya-Neman polki, 1945 yilda Berlin operatsiyasida biz bilan qatnashgan Polsha armiyasining birinchi va ikkinchi armiyalari, Ikkinchi Jahon urushida Qizil Armiya bilan yonma-yon jang qilgan birinchi Chexoslovakiya armiyasi korpusi", deydi u. 

Medvedevning ta’kidlashicha, Rossiya harbiylariga taslim bo‘lmagan Ukrainadagi yollanma askarlar birinchi navbatda denatsifikatsiyaga duchor bo‘lishadi. 

“Ular o‘z qilmishlari uchun to‘liq javob berishlari kerak bo‘ladi. Albatta, agar tirik qolishsa", deydi u. 

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, rus harbiylarini o‘ldirgani uchun xorijiy legioner jangchilarga pul to‘lanyapti.

Ukraina mediasining yozishicha, Prezident Vladimir Putinning yordamchisi Rossiya Ukrainaga “Hizbulloh” terroristik guruhi a’zolarini tashlayotgani, taqiqlangan “Vagnera” Xususiy harbiy kompaniyaga  yangi jangchilar yollayotgani va Kremlningn to‘liq nazorati ostida bo‘lgan Asad rejimi jangarilarining ishtirokini rag‘batlantirayotgani haqida gapirmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

454

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing