Ukrainada tibbiy nashadan foydalanish qonuniylashtirildi
Olam
−
22 dekabr 2023
3142Ukraina Oliy Radasi tibbiy nashadan foydalanishni qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda deputat Yaroslav Jeleznyak ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 337 nafar xalq deputatidan 248 nafari ovoz bergan qonun loyihasi nashaning faqat tibbiy, ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatda aylanishini tartibga soladi.
Shu bilan birga, Jeleznyakning aniqlik kiritishicha, marixuanani boshqa maqsadlarda tarqatish bundan keyin ham jinoyat hisoblanib, politsiya tomonidan qonunga muvofiq tekshiriladi.
“Qonun e’lon qilinganidan olti oy o‘tgach kuchga kiradi. Demak, bu 2024 yilning ikkinchi yarmida”, deydi Oliy Rada deputati Jeleznyak.
Yangi qonunga ko‘ra, dori vositalari ishlab chiqarish barcha bosqichlarda qattiq nazorat ostida bo‘lishi kerak. Tibbiy nasha asosidagi dori-darmonlarni faqat elektron retsept bo‘yicha olish mumkin.
LiveBarchasi