Ukrainada sobiq mudofaa vaziri sirtdan hibsga olindi

Olam

image

Kiyev apellyatsiya sudi Rossiya Qora dengiz flotining Qrimda joylashishini uzaytirish bo‘yicha “Xarkov kelishuvlari”ni imzolashga rozi bo‘lgan Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri Mixail Yejelga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi.  Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hozirda gumondor Ukraina hududidan tashqarida tergovga qadar tekshiruvdan yashirinib, qidiruvga berilgan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yil aprel oyida Yejel sobiq prezident, bosh vazir, adliya vaziri va tashqi ishlar vaziri bilan oldindan til biriktirib, qonunni buzgan holda, manfaatdor organlar va majburiy huquqiy ekspertiza bilan Ukraina hududida Rossiya Qora dengiz floti mavjudligi masalalari bo‘yicha Ukraina va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi Bitim loyihasini amalda ko‘rib chiqmasdan, bu haqda izohlarsiz kelishib olganlar.

“Bunday harakatlar natijasida Ukraina hududida Rossiya Federatsiyasi Qora dengiz floti qo‘shinlari sonini ko‘paytirish, ularni qayta jihozlash va modernizatsiya qilish, kelajakda esa - Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarining bostirib kirishi va ularning Qrim Avtonom Respublikasi va Sevastopol shahrini bosib olishiga sun’iy shart-sharoitlar yaratildi”, deyiladi prokuratura xabarida.

Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi

2013-2014 yillarda Rossiyaga qo‘shni Ukrainada siyosiy vaziyatning izdan chiqishi kim uchundir qo‘l keldi. Natijada Rossiya Ukrainaning Qrim yarimorolini o‘ziga qo‘shib oldi. G‘arb davlatlari rasmiy Moskva yarimorolni anneksiya qildi deb baholadi.

Qrim anneksiyasi – Ikkinchi Jahon urushidan beri Yevropada ilk marta qayd etilgan bir davlat ikkinchi davlat hududini o‘ziga qo‘shib olishi. Ushbu voqeaga ham 7 yil to‘libdi. Quyida Rossiyaning Qrimni o‘z tarkibiga qo‘shib olishida amalga oshirgan siyosiy taktikalari, Ukraina Prezidentining evakuatsiya operatsiyasi hamda yarimorolning Rossiyaga keltirgan “foydasi” to‘g‘risida so‘z boradi.

2014 yil. Ukraina. Mamlakat poytaxti Kiyev markazida alanga olgan “Yevromaydan” inqilobi tugadi. Fevral oyi oxiriga kelib, Hukumat iste’fo berdi, Prezident Yanukovich esa qochib ketdi. O‘sha zahotiyoq Ukraina Oliy Radasi (parlamenti – tahr.) bir qator qarorlar qabul qildi. 

Xususan, Prezident Yanukovich mamlakat Konsititutsiyasiga zid ravishda Ukraina xalqi oldidagi burch va vazifalaridan voz kechgani, navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2014 yilning mayida bo‘lishi va davlat rahbari vakolatlari vaqtinchalik parlament spikeri Aleksandr Turchinga o‘tganligi to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing