Ukrainada Rossiya vaksinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlandi

Olam

image

Ukrainada koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlandi. Tegishli Farmonni mamlakat Bosh vaziri Denis Shmigal imzolagan. Hujjat matni Hukumat veb-saytida e’lon qilindi.

Gap Ukrainada COVID-19 ga qarshi chet el vaksinalarini ro‘yxatdan o‘tkazishning soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risidagi qonun haqida bormoqda. Qonun mamlakat hududida “tajovuzkor davlat tomonidan belgilangan tartibda ishlab chiqilgan” vaksinalardan foydalanishni taqiqlaydi. Oliy Rada Rossiyani 2015 yil yanvar oyida “tajovuzkor davlat” deb tan olgan.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiya vaksinalari mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilmasligini bir necha bor ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti “Sputnik V” vaksinasini rad etib, ukrainaliklar tajriba quyonchasi emasligini ta’kidlagandi.

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy jurnalistlar bilan suhbatda Zelenskiyning bunday bayonotidan hayratda ekanligini aytib, uni fuqarolarga g‘amxo‘rlik qilmaydigan Prezident deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing