Ukrainada naqd pullar muomaladan chiqarilishi mumkin
Olam
−
28 iyun 2023
7925Ukraina naqd pullar muomalasidan butunlay voz kechgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylanishi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Rostislav Shurmaning so‘zlariga tayangan holda, TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21-22 iyun kunlari Rostislav Shurma Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha London konferensiyasida mamlakatda naqd pullarni butunlay muomaladan chiqarish rejasi muhokamaga qo‘yilganini ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, ular bu tashabbus orqali korrupsiyani yengishni rejalashtirmoqda. Mamlakat rasmiylari bunga korrupsion holatlarni 95-99 foizgacha yo‘q qilish uchun juda samarali vosita sifatida qaramoqda.
“Biz hali buni muhokama qilyapmiz, ammo samara berishiga ishonchimiz komil. Bosh vazir, Prezident, umuman bizning jamoa juda chuqur va jiddiy tarzda ish olib bormoqda. Ukraina bu orqali ham davlatning ichki siyosatida tartib o‘rnatmoqchi, ham dunyoda naqd pullardan butunlay voz kechgan ilk mamlakat bo‘lish istagida”, deydi Shurma.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Ukrainada to‘lovlarning qariyb 40 foizi naqd pulda (yiliga 54 milliard dollardan ortiq) amalga oshiriladi.
LiveBarchasi