Ukrainada mushuklar ham frontga safarbar qilinmoqda – “Bild”

Olam

image

Ukrainada askarlarni tishlaydigan va jihozlariga zarar yetkazuvchi sichqon va kemiruvchilarni tutish uchun mushuklar frontga jalb etildi. Bu haqda  ukrainalik askarlarga tayanib, Germaniyaning “Bild” nashri yozdi.

Frontda kemiruvchilar jiddiy muammoga aylangan, chunki ular askarlarning uyqusini buzadi, ko‘rinadigan hamma narsani yeydi. Kalamushlar, ilonlar va sichqonlar frontning janubiy hududlaridagi xandaqlarga "hujum qilgan". Hayvonlar aloqa kabellariga zarar yetkazadi, oziq-ovqat, dori-darmonlar, kiyim-kechak va charm buyumlarni yo‘q qiladi.

Kemiruvchilarga qarshi kurashish uchun ham harbiylar frontga o‘zlari bilan mushuklarni olib keta boshlagan. Nashr mashhur mushuk “Shaybik”ni misol qilib keltirgan. U allaqachon "Harbiylarga ko‘rsatgan yordami uchun" harbiy medaliga sazovor bo‘lgan.

Bundan tashqari, Rossiya askarlari ham kemiruvchilar bilan bog‘liq muammoga duch kelmoqda. Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasining maxsus muxbiri Nikolay Dolgachevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan mavsumda daladagi hosil yig‘ib olinmagani kemiruvchilarning tez ko‘payishiga sabab bo‘lgan. Shu munosabat bilan Rossiya askarlari ham mushuklarning "xizmatlaridan" faol foydalanishni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina mushuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing