Ukrainada “mobilizatsiya” 2023 yil so‘zi bo‘ldi
Bu qiziq
−
06 yanvar
5765Ukrainada “mobilizatsiya” atamasi 2023 yil so‘zi sifatida tanlandi. Bu haqda zamonaviy ukrain tilining onlayn lug‘ati saytida ma’lum qilindi.
"Bu atama yil davomida jamoatchilik muhokamasi markazida bo‘ldi, dekabr oyida hukumat parlamentga safarbarlik to‘g‘risidagi munozarali qonun loyihasini kiritgan paytda qiziqish eng yuqori darajaga ko‘tarildi", deyiladi xabarda.
Yil so‘zi bo‘yicha boshqa variantlar orasida “aksil hujum”, “qo‘rqinchli”, “17 grivnaga tuxum”, “dron” va "Qrimdagi yoz" iboralari ham bo‘lgan.
Saytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, “Mislovo” onlayn lug‘ati 2012 yilda zamonaviy ukrain tilining neologizmlari va yangiliklarini yozib olish uchun yaratilgan.
Har bir foydalanuvchi unga o‘z so‘zini yoki ifodasini va ta’rifini qo‘shishni taklif qilishi mumkin. Yil oxirida lug‘at mashhurligi va ahamiyatiga qarab yil so‘zini tanlaydi.
Xususan, 2021 yilda “vaksina”, 2020 yilda “koronavirus”, 2017 yilda “vizasiz”, 2016 yilda esa “korrupsiya” so‘zlari yil so‘zlari bo‘lgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr