Ukrainada MiG-29 qiruvchi samolyoti quladi. Uchuvchi halok bo‘ldi

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari uchuvchisi mayor Sergey Bondar jangovar topshiriqni bajarganidan so‘ng MiG-29 qiruvchi samolyotida qo‘nishga harakat qilayotganida halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 23 avgust kuni Ukraina Havo kuchlarining Telegram-kanalida xabar berildi. 

Ukraina harbiylarining xabar berishicha, bugun, 23 avgustga o‘tar kechasi Rossiya yana Ukraina hududiga dron zarbalari uyushtirgan, Kiyevda ham xavf signali yangragan. Umuman olganda mamlakat bo‘ylab 49 zarba beruvchi uchuvchisiz o‘choqlar hujumi qayd etilgan, shulardan 36 tasini qaytarishga muvaffaq bo‘lingan. Ukraina Havo kuchlari qiruvchilari havo hujumlarini qaytarishda ham qatnashadi. 46 yoshli Bondarning halok bo‘lishi Rossiya hujumi bilan bog‘liqmi-yo‘qligi hozircha noma’lum.

Halokat sabablari aniqlanmoqda. Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri – uch yarim yil ichida Ukraina Havo kuchlarining bir necha uchuvchilari MiG-29 yoki F-16 samolyotlarini boshqarayotganda halok bo‘lgan. Masalan, 2024 yil 29 avgust kuni Ukraina o‘zining birinchi F-16 samolyotini ommaviy raketa zarbasini qaytarish chog‘ida yo‘qotganini xabar qilgan edi. O‘shanda 30 yoshli uchuvchi Aleksey Mes halok bo‘lgan. Oliy Rada deputati Maryana Bezuglaya o‘shanda qiruvchi Patriot tizimidan “o‘z” o‘qi bilan urib tushirilganini aytib, Ukraina Qurolli kuchlarini hodisani yashirishda ayblagan.

2025 yilning 12 aprel kuni esa yana bir F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchisi, 26 yoshli Pavel Ivanov jangovar topshiriqni bajarish chog‘ida halok bo‘lgani xabar qilindi. Havo kuchlari xabarida u “jangda halok bo‘ldi” deb aytilgan edi. Ivanovga ham, Mesga ham vafotidan keyin Prezident Vladimir Zelenskiy “Ukraina qahramoni” unvonini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

qiruvchi samolyot Ukraina MiG-29

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing